Suhrob Berdiev "Qo'qon-1912"ni maqul ko'rdi

Narzulla Saydullayev
8 iyul 2016
"Paxtakor"ga yarim himoyachisi klubni tark etishga yaqin ekani haqida xabar bergandik.

Futbolchiga sobiq klubi G'uzorning "Sho'rtan" klubi qiziqish bildirayotgandi. Biroq Berdiev "Qo'qon-1912" taklifini qabul qilishga qaror qildi. Vodiy klubini "Paxtakor"ning sobiq ustozi No'mon Hasanov boshqarmoqda.

Ma'lumot uchun, Berdiev bu mavsum oliy ligada 6ta o'yinda maydonga tushib atiga 89 daqiqa davomida maydonda harakat qilgan. U 2-turda "Qo'qon-1912" darvozasiga gol urgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia