Sud oldidan Blatterning tobi qochdi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2022
Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) sobiq prezidenti Yozef Blatter sog'lig'i bilan bog'liq muammolarga duch kelmoqda.

Shu sababli u sudda ko'rsatma bera olmadi, deya xabar berdi Associated Press.

Sud jarayoni kecha Lozannada (Shveytsariya) boshlandi. 86 yoshli Blatter va UEFA sobiq prezidenti Mishel Platini Shveytsariya prokuraturasi tomonidan firibgarlik, mablag'larni o'zlashtirish, jinoiy boshqaruv va hujjatlarni soxtalashtirishda ayblanmoqda.

Blattera ko'rsatma berishidan bir soat oldin nafas olishda qiynala boshlagan va jarayonni keyingi kunga ko'chirishni so'ragan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian