

Ilgari ular kataloniyaliklar safida birga o'ynashgan.
"Tabriklayman, do'stim! Sen jahon chempionisan. Hamma xohlaganini aytsin, sen eng zo'risan va shunday bo'lib qolasan", – dedi Suares ijtimoiy tarmoqlarda.
Argentina terma jamoasi uchinchi marta jahon chempioni bo'ldi. Avvalroq argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda ushbu turnirda g'olib chiqishgan.
35 yoshli Messi JCH-2022da 7 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. U musobaqaning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.



