Suares Messi bilan birga o'ynash uchun shartnomasini sotib olishga tayyor

Оқил Абдубарноев
24 iyul 2023
Luis Suares ushbu mavsumda Lionel Messi bilan "Inter Mayami"da birga o'ynash uchun "Gremio"dan shartnomasini sotib olishga tayyor.

2023 yil "Gremio" bilan ikki yillik shartnoma imzolagan Luis Suares "Inter Mayami"dagi yaqin do'sti Lionel Messi bilan yana jamoadosh bo'lmoqchi. 

Braziliya klubi hujumchining klubni tark etish istagidan xabardor va o'ynashni istamagan futbolchi transferiga ruxsat berishi mumkin.

Avvalroq urugvaylik forvardning tovon puli 70 mln evro ekanligi aytilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: ESPN