Suares hamda Fati oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun kurashmoqda

Mirjalol Normatov
1 okt 2020
"Atletiko" hujumchisi Luis Suares hamda "Barselona" forvardi Ansu Fati Ispaniyada sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun nomzodlari qo'yildi.

Suares va Fati LaLigada o'tgan oyda ikkitadan gol urdi.

Shuningdek, Yago Aspas ("Selta" - 3 gol), Serxio Kanales ("Betis" - 2 assist), Mikel Merino ("Real Sosedad" - 2 assist), Xose Luis Morales ("Levante" - 3 gol, 1 assist), Luis Milya ("Granada" - 1 gol) kabi futbolchilar ham ro'yxatga kiritilgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal