Strootman va Perotti “Liverpul”ga qarshi o'ynamaydi

2 may 2018, 08:50
O'yinchilar rimliklarga yordam bera olmaydi.

Bugun oqshomda “Roma” o'z uyida “Liverpul”ga qarshi maydonga tushadi. Klub rasmiy saytining xabariga ko'ra, Kevin Strootman va Diego Perotti ushbu uchrashuvda ishtirok etmaydi. Ikkala o'yinchi ham to'liq sog'ayishga ulgura olmagan.

Ma'lumot uchun birinchi uchrashuv Yurgen Klopp shogirdlarining 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan edi.


Manba: “Рома” расмий сайти