Stouns "Manchester Siti" bilan 2026 yilga qadar shartnomani uzaytiradi

Alisher
10 avg 2021, 11:20
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stouns klub bilan shartnomasini uzaytiradi.

27 yoshli angliyalik futbolchi 2026 yilga qadar mo'ljallangan bitimga imzo chekadi.

Stouns "Manchester Siti"ga "Everton"dan 2016 yilda kelgandi. Transfer narxi 55,6 million evroni tashkil etgan. O'yinchining amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Himoyachi "shaharliklar" safida barcha musobaqalarda 168ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic