Stoichkov: “Barselona” Gvardiolasiz ham buyuk g'alabalarga erishardi”

Eldor Akmurzayev
10 may 2020
Kataloniyaliklar sobiq a'zosi Xristo Stoichkov “Barsa” tarixidagi eng yorqin murabbiylardan biri Pep Gvardiola haqida gapirdi.

“Aytishim mumkinki, “Barselona” tayyor edi. Gvardiolaga jamoani Frank Raykard tayyorlab ketgandi. “Barselona” esa buyuk g'alabalarga Pep bilan yoki usiz ham erishgan bo'lardi. Tarkibda Terri Anri, Deku, Ronaldinyo, Markes, Puyol va Valdes bo'lgan. Pepga mos kelmaydigan futbolchilar ham bor edi, ular klubni tark etishdi, ammo ularning o'rnida Inesta, Pedro va Messi paydo bo'ldi. Shu tariqa jamoa yig'ilgan edi.

Mourinyu? U aqlli yigit. Mashg'ulotlarni sinchiklab kuzatib, hammasini o'z daftarchasiga yozib olardi”, deydi Stoichkov.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru