"Barselona" afsonasi Dembelega: "Klubda o'ynashni istamasang, libosingni ech va bu erdan jo'na"

Оқил Абдубарноев
21 yanv 2022
Kataloniyaning "Barselona" klubi sobiq hujumchisi Xristo Stoichkov yarim himoyachi Usmon Dembeleni "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortgani uchun tanqid qildi.

Bolgariyalik afsonaning so'zlariga ko'ra, Dembele bu xatti-harakatlari bilan klub nomiga dog' tushirmoqda.

"Sen hech qachon "Barsa" qanday klub ekanligini bilmagansan. Agar klubda o'ynashni istamasang, uning nomiga dog' tushirma, libosingni ech va bu erdan jo'na. Janob Laporta, chiqish eshiklarini oching va uni qo'yib yuboring", - dedi Stoichkov.

Eslatib o'tamiz, avvalroq "Barselona" rahbariyati yanvar oyidagi transfer oynasi yakunlanmaguncha Dembeledan qutulish niyatida ekanligini ma'lum qilgandi. Futbolchining xizmatlariga APL klublari qiziqish bildirgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Cope