

Rahim Sterling faoliyati davomida 24-marotaba “qizil iblislar”ga qarshi to'qnash keldi va yana raqib darvozasini ishg'ol etolmadi. U MYUga qarshi bahslarda 38 ta zarba bergan va ulardan 15 tasi darvoza tomon borgan.
Shuningdek, Sterling uchun “Manchester Yunayted” eng ko'p raqiblik qilgan jamoa hisoblanadi. 27 yoshli ingliz “aristokratlar”dan tashqari, “Man Siti” hamda “Liverpul” sharafini himoya qilgan.



