Sterling: "Uembli"da gol urish burchim ekanligini ko'p bor aytganman

Aslanov Jasurbek
13 iyun 2021
Angliya terma jamoasi hujumchisi Rahim Sterling Evro-2020 guruh bosqichida Xorvatiyaga qarshi o'yinning (1:0) eng yaxshi futbolchisi deb topilgach, g'alabadan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Ajoyib kechinmalar. Bu birinchi o'yinimiz edi va g'alaba muhim edi. Jamoamiz birgashgan holda harakat qildi. Biz to'pni kerakli paytda o'zimizda egalladik va yaxshi futbol namoyish eta oldik. Yigitlar bugun juda optimal holatda edilar.

G'alaba qozonganimiz juda yaxshi, ammo bizni oldinda boshqa uchrashuvlar kutmoqda. Ushbu yil men uchun og'ir mavsum bo'ldi, ammo Angliya tarkibiga qaytishni intiqlik bilan kutardim. Terma jamoada o'ynash mavsum uchun ajoyib yakun bo'ladi.

Gol urganingizda har doim yoqimli hissiyotlarni boshdan o'tkazasiz. Ilgari bir necha bor aytgandim: Agar "Uembli"da katta turnirlarda o'ynasam, gol kiritish burchimni bajaraman. Buni amalga oshira olganimdan mamnunman", - deydi Sterling.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: uefa.com