Rasman: Rahim Sterling - "Feyenoord" futbolchisi!

Mirjalol Normatov
12 fev 2026
"Feyenoord" matbuot xizmati Rahim Sterling jamoaga kelib qo'shilishini ma'lum qildi.

Angliyalik vinger erkin agent sifatida Niderlandiya klubi bilan shartnoma imzoladi. Kelishuv ushbu mavsum yakunigacha amal qiladi.

31 yoshli futbolchining so'nggi jamoasi "Chelsi" bo'lgan va u klub bilan shartnomasini yanvar oyida bekor qilgandi.

Ma'lumot uchun, Sterling ushbu mavsumda birorta o'yinda maydonga tushganicha yo'q.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: feyenoord.com