Starij vadasining ustidan chiqqanicha yo'q

Mirjalol Normatov
11 iyul 2019
Amerikalik reper Killa Feymning aytishiga ko'ra, "Liverpul"ning sobiq futbolchisi Daniel Starij kuchugini qaytarish uchun vada qilgan mukofot pulini berganicha yo'q.

"Starijning kuchugini men topdim. U itini topganga 30 ming evro mukofot bor deb aytgandi. Ammo bu yolg'on ekan. Biz mukofotni qabul qilmadik. Bu insofsizlik. To'lamasang, aytmagin edi", - deb yozadi reper.

29 yoshli Starij 2013-2019 yillar davomida "Liverpul" sharafini himoya qilgandi. Biroq u bir necha kunlar oldin klubni erkin agent sifatida tark etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal