Srna Italiya futbolining kelajagi kimligini aytdi

Doneckning "Shaxtyor" klubi sobiq himoyachisi Dario Srna "Inter" yarim himoyachisi Nikolo Barella haqida iliq fikrlar bildirdi.

"Birinchi marta ko'rganimdayoq Barella Italiya futbolining kelajagi ekanligini anglaganman. Nikolo - ajoyib yigit, zo'r o'yinchi va kuchli shaxs. Bu hayotda juda muhimdir. "Inter"da u o'z iqtidorini yanada sayqallashi mumkin", - xorvatiyalik futbolchi "Cagliarinews24" nashriga bergan intervyusida.


Manba: Cagliarinews24