Srechko Katanets: "Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Futbolchilarni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq"

Оқил Абдубарноев
20 noya 2022, 20:58
Rossiyaga qarshi nazorat uchrashuvidan so'ng O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets va o'yinnining eng yaxshi futbolchisi Otabek Shukurov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Aziz G'aniev va Sardor Rashidovning o'yinlarini kuzatyapsizmi? Ular o'z jamoalari safida ishonchli harakat qilishmoqda...

- Albattma, men barcha o'yinchilarni kuzatib boraman. Ularni chaqirish-chaqirmasligim ular o'ynayotgan chempionatga ham bog'liq. Bilasizki, bizda jismoniy tarafdan muammolar bor. Tarkib yig'ilgach, bir yarimta mashg'ulotdan so'ng o'yinga tushishyapti, bu etarli emas. Futbolchilardan yaxshi tempa harakat qilishi talab etiladi. BAA va Qatar chempionatlari tempini juda yuqori deya olmayman, shu bois menga 90 daqiqa davomida yuguradigan futbolchilar kerak. Meni chiroyli fintlar, qoyilmaqom paslar unchalik qiziqtirmaydi. Menga ilk navbatda, gol urib, 90 daqiqa o'ynay oladigan futbolchilar kerak. Shu sababdan, termaga chaqirishda ilk navbatda yoshiga e'tibor beraman. Shuningdek, ularning statistik ma'lumotlari asosida jamoaga jalb qilaman. "Hojimat Erkinov ham yosh o'yinchi edi. Lekin u ko'z oldimizda qanday o'sganini ko'rdingiz. Xuddi shu narsani boshqa yosh o'yinchilarga ham maslahat bergan bo'lardim. Barchasi ularning o'ziga bog'liq. Agar ular yaxshi o'ynab turishsa, men ularni terma jamoaga chaqiraman. U 16-17 yosh bo'ladimi yo 30 yosh bo'ladimi, tarkibga chaqiraman. ", - dedi Katanets


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia