Srechko Katanets: "Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Ular jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilarga ega"

Sherzod Nurmatov
19 sen 2022
Ayni paytda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

"Kamerun o'yinlarini kuzatdim. Iskanderov Kamerunga qarshi o'ynay olmaydi. Kamerunga qarshi o'ynash boshqa daraja. Ularning eng kichkina futbolchisi 1.80 sm bo'yga ega. Hammasi jismoniy tomonlama baquvvat futbolchilar. Balki noyabr oyidagi yig'inga Iskanderovni chaqirarmiz. 

Noyabr oyida yana ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazamiz. Hatto Shomurodov hozir kam o'ynayapti. Klubida zaxiraga kiritilmasa ham, terma jamoaga chaqiraveraman. Men bilan bir yildan ortiq ishlamagan futbolchilarni hozir chaqirish qanchalik to'g'ri bo'lardi?", – dedi Katanets.

Matbuot anjumani to'liq qismini tez orada saytimiz orqali o'qiysiz.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia