"Sporting" "Barselona" bilan Trinkauning transferi borasida kelishuvga erishdi

Alisher
9 iyul 2022
"Sporting" "Barselona" bilan yarim himoyachi Fransishku Trinkau bilan shartnoma imzolash bo'yicha kelishuvga erishdi.

Portugaliya klubi 22 yoshli futbolchining 50 foiz sport huquqi uchun 10 milion evro to'laydi. "Barselona"da Trinkauning yarim huquqi bo'ladi va bitimga ko'ra qaytarish bandi ham bor.

Yarim himoyachi o'tgan mavsumni ijara asosida "Vulverxempton"da o'tkazdi. Portugaliyalik jamoa tarkibida 30ta o'yinda 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Uning "Barselona" bilan shartnomasi 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: record.pt