

Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar qildi. 27 yoshli italiyalik futbolchi 20 mart kuni infekciyaga chalingani ma'lum qilingandi. Keyinroq uning ahvoli yaxshilangani va test natijalari salbiy chiqqani xabar qilindi. Bugun ma'lum bo'lishicha, golkiper virusga qayta chalingan. Ayni paytda uning ahvoli yaxshi, futbolchi o'z uyida karantinda qolishda davom etmoqda.



