Sport vazirligi va O'FA rahbariyati Toshkent viloyati akademiyasi bilan yaqindan tanishdi

Narzulla Saydullayev
20 iyun 2019
Bugun O'zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'FA rahbariyati Toshkent viloyati bolalar-o'smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.

Dilmurod Nabiev va Ravshan Ermatov akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar, akademiya binosi, mashg'ulotlar maydoni, kiyim almashtirish xonalari va ovqatlanish tizimi bilan yaqindan tanishishdi.


Shuningdek, akademiyada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar bilan uchrashuv tashkil etilib, ularning ish faoliyati o'rganildi.

Mavjud kamchilik va muammolar muhokama qilinib, ularning echimi bo'yicha tegishli ko'rsatmalar berildi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz