“Sport” kanali “Oq-tepa” mehmoni

Narzulla Saydullayev
29 iyul 2013
“Oq-tepa” futbol klubi asoschisi va jamoa prezidentining maslahatchisi G'anisher Shog'ulomov bugun “Sport” kanalining “Birinchi liga sharhi” ko'rsatuviga intervyu berdi.
Suhbat chog'ida jamoaning bugungi kuni, olib borilayotgan qurilish ishlari va kelajak rejalari xususida gap bordi. Ko'rsatuv xodimlari qurilishi deyarli yakunlangan “Oq-tepa” bazasi bilan yaqindan tanishtirildi.
 
Eslatib o'tamiz, ko'rsatuv 7 avgust kuni efirga uzatiladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz