

28 yoshli futbolchi Dortmundning Borussiya klubiga qarshi o'yinda (4:1) olgan jarohatidan qutulganicha yo'q.
Kecha Levandovski umumiy guruhda 20 daqiqa shug'ullandi xolos.
Myunxenliklar ustozi Karlo Anchelotti qaror o'yin kuni qabul qilinishini aytdi. Levandovski 18 aprel kuni Madridda bo'ladigan javob uchrashuvigacha safga qaytadi.




