"Spartak"ning sobiq bosh direktori Oston O'runovning transferidan katta pul ishlab olishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
15 yanv 2021, 07:52
"Spartak"ning sobiq bosh direktori Shamil Gazizov Oston O'runovning sotilishi orqali pul ishlab olishi mumkin.

Bu haqida vaziyatdan xabardor manba xabar qilgan. 

Ostonning "Spartak" bilan shartnoma bandiga ko'ra, Gazizov transferning 1 million evrodan tashqari summasidan 50 foiz pul olishi lozim. Agar "Spartak" O'runovni 2 millionga sotsa, Gazizov 500 ming ishlab oladi. 

Avvalroq, futbolchini "Ufa" qaytarib olmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com