“Spartak” O'runovni “Ufa”ga sotishni yoki ijaraga berishni o'ylamoqda (SE)

Eldor Akmurzayev
10 yanv 2021, 21:25
Avvalroq, “Ufa” bosh direktori Rinat Shaybekov klub Oston O'runovni "Spartak"dan bajonidil qaytarib olishni istayotganini aytib o'tgandi.

“Sport-Ekspress” xabar berishicha. O'runov sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. “Ufa” uni sotib olishi yoki ijaraga olish ehtimoli bor. Qayd etilishicha, tomonlar ushbu masalada muzokara o'tkazmoqda va barchasi ijobiy kechsa, u holda yuqori ehtimol bilan transfer amalga oshadi.

O'runov joriy mavsum RPLda 8 o'yinda maydonga tushib, 2 ta sariq oldi.

"Ufa" bosh direktori: "O'runov juda kuchli futbolchi. Uni bajonidil qaytarib olgan bo'lardik"


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Спорт-Экспресс