“Spartak” braziliyalik futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Eldor Akmurzayev
5 avg 2020
“Atletiko Mineyro” himoyachisi Guga Gomes yaqin orada moskvaliklar a'zosiga aylanadi, deya xabar bermoqda jurnalist Viktor Moreyra,

Manbaga ko'ra, tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan. Qayd etilishicha, Gomes “Atletiko Mineyro”ning bo'lajak o'yin uchun chiqargan qaydnomasidan o'rin olmagan.

21 yoshli futbolchi o'ng qanot himoyasida harakat qiladi. Transfermarkt portali fulbekni 1,6 mln evroga baholamoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru