"Spartak" bosh direktori: "O'runov "Spartak"ning yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. Uning agentlari jamoa izlashmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz"

Alisher
6 avg 2022, 17:38
"Spartak" bosh direktori Evgeniy Melejikov yarim himoyachi Oston O'runov borasidagi vaziyat haqida gapirdi.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, O'runov yuqori maosh sabab poytaxt jamoasidan ketishni rad etmoqda. U "Spartak"da oyiga 50 ming evro maosh oladi.

"Hozircha yoshlar jamoasi bilan shug'ullanmoqda. Tushunishimcha, agentlari unga jamoa izlashmoqda, ammo hozircha muvaffaqiyatsiz", - deydi Melejikov.

O'runovning "Spartak" bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yarim himoyachi moskvaliklar safida umumiy 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishgan.


AlisherMuallif
Manba: Футбольный Биги Youtube канали