"Spartak" "Bolonya" futbolchisini xarid qilmoqchi

"Bolonya" himoyachisi Ibragime Mbaye "Spartak" rahbariyatining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Bu haqda II Resto del Carlino ma'lum qildi.

25 yoshli futbolchining agenti ham bu ma'lumotni tasdiqladi. "Spartak" vakillari allaqachon senegallik o'yinchi bilan bog'lanishgan. Ammo "Bolonya" rahbariyati o'yinchini qo'yib yuborishni istamayapti. Boisi shundaki, italyan klubida "jarohatlar epidemiyasi" avj olgan.

Ma'lumot uchun, Ibragima Mbaye A Seriyaning o'tgan mavsumida 20 ta o'yin o'tkazgan va o'z hisobiga 3 assist, 5 ta sariq kartochka yozdirib qo'ygan.


Manba: II Resto del Carlino