Spalletti "Napoli"dan ketishi mumkin. Murabbiy De Laurentis bilan urushib qolgan

Omonjon To`xtamirzayev
19 may 2023
Luchano Spalletti "Napoli" bosh murabbiyligidan ketishi mumkin.

Italiyalik mutaxassisning Neapol klubi egasi Aurelio De Laurentis bilan munosabatlari buzilgan. Funkcioner Luchano bilan aloqalarni qayta tiklashga urinib ko'rgan, ammo hozircha vaziyat tarang bo'lib turibdi.

Yaqinda bo'lib o'tgan uchrashuvda Spalletti shartnomani 2025 yilgacha uzaytirish borasidagi taklifni rad etgan. Murabbiy "Napoli"ni yozda yoki 2023/24 yilgi mavsum yakunida, shartnomasi tugagach, tark etishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.com