

30 yoshli futbolchi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o'rin olgan "Marsel"ga qarshi o'yinda (2:1) ko'zidan jarohat olgandi va 5 noyabr kuni operaciya qilindi.
“Men uni butun dunyo uchun o'tkazib yubormayman. Go'zal yurtimni tanitishni sabrsizlik bilan kutyapman, tez orada Qatarda ko'rishguncha!" - deb yozdi koreyalik vinger ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Son joriy mavsum “Tottenxem” safida 19 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
JCH-2022 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi. Janubiy Koreya terma jamoasi Urugvay, Gana va Portugaliya bilan bir guruhdan joy oladi. Koreyaliklar ilk o'yinni 24 noyabr kuni Urugvayga qarshi o'tkazadi.



