Son Xyon Min APLda Lempard, Runi va Aguero natijasini takrorladi

Omonjon To`xtamirzayev
11 dek 2023, 12:15
"Tottenxem" hujumchisi Son Xyon Min Angliya Premer-Liga 16-turi doirasida "Nyukasl" bilan o'yinda (4:1) gol urishga erishdi.

Shunday qilib, Son o'zining qatorasiga sakkizinchi mavsumida 10 ta gol urishni uddaladi. Tarixda bunday futbolchilar koreyalik bilan etti nafarni tashkil qiladi.

Avvalroq, bunday natijaga faqatgina Ueyn Runi (qatorasiga 11 mavsum), Frenk Lempard (10), Serxio Aguero, Xarri Keyn (har ikkisi - 9 mavsumdan), Terri Anri va Sadio Mane (har ikkisi - 8) erishgandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Opta