Son, Kimmix va Sane "Barselona"da paydo bo'lishi mumkin

Sherzod Nurmatov
6 yanv 2025
"Barselona" rahbariyati erkin agentlarga e'tibor qaratmoqda.

"El Nacional"ga ma'lum bo'lishicha, kataloniyaliklar "Bayer" himoyachisi Jonatan Tani erkin agent sifatida qo'lga kiritgach, yozda jamoalari bilan shartnomasi tugaydigan futbolchilar bozorida yanada faol bo'lishni rejalashtirmoqda.

Manbaga ko'ra, "Barselona"ning short-listidan hozirda Son Xyon Min ("Tottenxem"), Joshua Kimmix va Leroy Sane (ikkalasi – "Bavariya") o'rin olgan.

Xans-Diter Flik shogirdlari 19 turdan keyin 38 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda.

"Barselona" 8 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi yarim finalida "Atletik"ka qarshi bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Nacional