Solari Ramosning kartochkasi haqida: "Qoidalarni men o'rnatmayman"

Aslanov Jasurbek
16 fev 2019
"Real" bosh murabbiyi Santyago Solari "Jirona"ga qarshi bahsdan oldin himoyachi Serxio Ramos atrofidagi voqealar borasida fikr bildirdi.

Ramos "Ayaks"ga qarshi sariq kartochka olgani uchun UEFA unga qarshi ish ochgan edi. Ma'lum bo'lishicha, futbolchi atayin kartochka ishlab olgan.

"Hozir hammasi joyida. "Real" "Jirona"ga qarshi bahsda g'alaba qozonmoqchi. Bunday taqvimda kuchni to'g'ri taqsimlash oson emas.

Ramosning Chempionlar ligasidagi kartochkasi? Qoidalarni men o'rnatmayman. Jamoaviy yig'inda bu mavzuni ko'p muhokama qilmadik. Serxio bilib turib qoida buzganini aytdi. Vaziyat og'ir edi" - deydi Solari.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo