

Manba ma'lumotlariga ko'ra, AFA uchrashuvning yangi o'tkazilish joyini rad etgan va bu haqda Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (KONMEBOL)ni allaqachon xabardor qilgan. KONMEBOL esa bu ma'lumotni UEFAga etkazishi kerak.
Finalissima - Yevropa chempionati va Amerika Kubogi g'oliblari o'rtasidagi bir o'yindan iborat turnir. Bu yil sovrin uchun Argentina va Ispaniya kurashadi.
Avvalroq Finalissima "Santyago Bernabeu"ga yo'l olayotgani haqida xabar berilgan edi.



