Sokratis "Arsenal" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
8 sen 2020
"Arsenal" himoyachisi Sokratis Papastatopulos yaqin vaqtlar ichida jamoani tark etadi.

"La Gazzetta dello Sport" xabariga ko'ra, gretsiyalik futbolchi "Arsenal"dan tekinga ketishi borasida rahbariyat bilan kelishib olgan. Shu orqali futbolchining yaqin vaqtlar ichida "Napoli"ga o'tishi kutilmoqda. Uning Neapoldagi yillik maoshi 3,5 mln evroni tashkil qiladi.

32 yoshli futbolchining "kanonirlar" bilan shartnomasi 2021 yilgacha amal qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport