"So'g'diyona" yordamchi murabbiyi: "Keyingi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz"

Narzulla Saydullayev
1 dek 2023
Coca-Cola Superliganing 26-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Surxon" uchrashuvidan so'ng mezbonlar murabbiyi Rade Petrovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Bugungi raqibimiz haqida yaxshi fikrlarni aytishim mumkin. "Surxon" juda yaxshi jamoa. Ular ikkita vaziyatdan ikkita gol urib ketishni uddalashdi. Bugun "So'g'diyona" tarkibida qator yosh futbolchilar harakat qilishdi.

Takidlash joiz, jamoamizning ayrim a'zolari Superligada debyut mavsumini o'tkazishmoqda. Navbatdagi mavsumga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz, yanada kuchli va raqobatbardosh jamoa shakllantirish ustida ishlaymiz.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia