“So'g'diyona”: Umid Qodirov o'z xohishiga binoan jamoani tark etdi

Narzulla Saydullayev
21 fev 2018, 09:14
“So'g'diyona” jamoasi Toshkentda mavsum oldi tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

O'quv yig'ini davomida bir qator futbolchilar bilan shartnomalar imzolandi. Jamoani tark etganlar ham bo'ldi. O'tgan mavsum ikkinchi davrasida “So'g'diyona” sharafini himoya qilgan, Aleksadr Mochinov boshchiligida mashg'ulotlarda ishtirok etib, bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushgan Umidjon Qodirov ma'lum sabablarga ko'ra o'z xohishiga binoan jamoani rasman tark etdi.

Selekciya ishlari davom ettirilmoqda. Jamoa bugun “Surxon” ga qarshi navbatdagi uchrashuvini o'tkazadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz