

Anvar Almatov boshchiligidagi jamoa tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
"Jamoa o'rinbosarlari oldiga mavsumni 8-o'rinda yakunlash vazifasi qo'yilgan. Hozirda e'tibor mahalliy yoshlarga qaratilgan bo'lib, davralar oralig'ida ikkinchi liganing yosh va mahoratli futbolchilari saralanib olinadi" - deydi o'rinbosarlar jamoasi murabbiyi Anvar Almatov.
Ikkinchi davra boshlangunga qadar o'rinbosarlar jamoasi bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarni o'tkazadi. Shulardan biri, ertaga, 15 iyul kuni soat 17:00 da birinchi liga jamoasi “G'allaorol”ga qarshi bo'lib o'tadi. Bahs “So'g'diyona” qarorgohida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.
"So'g'diyona" matbuot-xizmati



