"Sochi" prezidenti: "Bizning o'rnimizda boshqa klub bo'lganida ham o'yinning ko'chirilishiga qarshi chiqardi"

Mirjalol Normatov
21 iyun 2020
"Sochi" klubi egasi va prezidenti Boris Rotenberg RPL 23-turi doirasida "Rostov" bolakaylari ustidan 10:1 hisobida g'alabaga erishilgan g'alaba haqida gapirdi.

"10 kun oldin ilk holat kuzatilgan bo'lsa, unda nima uchun kasallikka chalinganlarni alohida saqlashmadi. Hech kim bundan kafolatlanmagan, ammo bu muammo bizda ham paydo bo'lishi mumkin edi. Menimcha, bizning o'rnimizda boshqa klub bo'lganida ham o'yinning ko'chirilishiga qarshi chiqardi. Agarda biz bunga rozilik berganimizda tartibsizlik boshlanardi.

Agarda o'yinni mavsumning oxiriga ko'chirganimizda, u paytda tarkibimizda jarohatlangan futbolchilar ko'payib ketgan bo'lardi. Undan tashqari, turnir jadvalidan kelib chiqqan holda aytishim mumkinki, biz uchun har bir bahs finalga teng. Shu sababli mashg'ulot tizimining ham buzilishini istamasdim. "Sochi"ning raqibi sifatida yosh bolalarning kelgani va o'yinda sharmandali hisob qayd etilgani esa kulgili emas", - dedi Rotenberg.

Ushbu uchrashuvda bo'lib o'tgan voqealar sababli Rossiyada muxlislar "Sochi" klubi ishchilarini masxarabozlarga tenglashtirishdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ТАСС