Sobiq hakam "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida: "U qo'lini boshqa erga qo'ya olmasdi"

Aslanov Jasurbek
17 sen 2025, 13:01
Sobiq hakam Said Ennjimi "Marsel"ga qarshi o'yinda "Real"ning ikkinchi penaltisi haqida fikr bildirdi.

Madrid klubi Chempionlar ligasining 1-turida g'alaba qozondi (2:1). "Real"ning ikkala goli penaltidan urildi – Kilian Mbappe ikki marta jarima zarbasini aniq bajardi.

Ikkinchi 11 metrlik jarima to'pi 79-daqiqada Fakundo Medinaning qo'liga to'p tegib ketgani uchun belgilandi, u podkatda Vinisiusdan to'pni olishga uringan edi.


U [hakam Irfan Pelto] xato qilmaganiga ishonch hosil qilish uchun hushtak chaldi, lekin VAR bu epizodni qaytib ko'radi deb o'ylagandim.

Ha, qo'l tananing maydonini kattalashtirdi, lekin bu tabiiy ravishda – o'yinchi "podkat" tashlaganda yuz berdi. U qo'lini boshqa erga qo'ya olmasdi", – dedi sobiq hakam.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Équipe