Sobiq hakam Messiga nisbatan ishlatilgan qo'pollik uchun penalti belgilanmagani borasida fikrlarini bildirdi

Alisher
10 fev 2020
Sobiq hakam Xuan Anduxar Oliver "Betis" - "Barselona" (2:3) o'yinidagi hakamlik haqida gapirdi.

O'yinning qo'shib berilgan daqiqalarida bosh hakam Xose Mariya Sanches "Betis" himoyachisi Mark Bartra "ko'k-anorranglilar" sardoriga nisbatan qo'pollik ishlatmadi deb topdi.

"Umuman tushunarsiz, yaqqol penalti berilmadi. Sababi raqib Messini ushlab qolgan edi.

Hakam vaziyatni ko'rmay qolgan bo'lishi mumkin, ammo bunday vaziyatlarga VAR aralashishi kerak", - deydi Anduxar Oliver.


AlisherMuallif
Manba: Marca