Sneyder "Paxtakor"ning OCHLdagi raqibi bilan kelishuvga erishdi

Aslanov Jasurbek
5 yanv 2018, 15:45
"Nicca" yarim himoyachisi Uesli Sneyder faoliyatini Qatar Yulduzlar ligasida davom ettirishi mumkin.

Gollandiyalik futbolchi Qatar chempioni "Al-Garafa" bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda "TurkSports" nashri xabar bermoqda. "Ayaks", "Real", "Inter" kabi klublarda to'p tepgan 33 yoshli futbolchi qatarliklar bilan 2019 yilgacha belgilangan shartnoma borasida kelishib olishdi.

"Al-Garafa" "Paxtakor"ning Osiyo Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi raqibi hisoblanadi. "Sherlar" 30 yanvar kuni Qatar chempioniga qarshi bahs o'tkazadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia