Sneyder Evro-2020 favoritini aytdi

Eldor Akmurzayev
26 iyun 2021
“Inter” va Niderlandiya TJ sobiq yarim himoyasi Uesli Sneyder Italiya termasini Yevropa chempionligi uchun asosiy davogar hisoblamoqda.

“Italiya – favorit. Evroni kuzatganimdan keyin aynan Italiyani g'oliblik uchun asosiy davogar deb hisoblayman. Avvaliga Fransiyaga ishongandim, ammo hozircha ular meni hayratda qoldira olmadi va ishontira olishmadi. Fikrim o'zgardi”, deydi Sneyder.

Eslatib o'tamiz, Roberto Manchini shogirdlari 1/8 final bahsini bugun Avstriyaga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 23:59 da start oladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: VoetbalPrimeur