Slot Salohning so'zlari haqida: "Odatda men bosiq va xushmuomalaman, ammo bu kuchsiz ekanligimni anglatmaydi"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Muhammad Saloh tomonidan bildirilgan tanqid uning jamoadagi obro'siga ta’sir qilmaydi deb hisoblaydi.

Bugun misrlik vinger Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turi doirasidagi "Inter"ga qarshi o'yin uchun ingliz jamoasi qaydnomasiga kiritilmagani ma'lum bo'ldi. Avvalroq Saloh ketma-ket uchta o'yinda asosiy tarkibga tushmaganidan so'ng klubning o'ziga bo'lgan munosabatini tanqid qilgan edi: "Menga alam qilyapti. Men APL g'olibi bo'ldim, ushbu avlod ichida hammadan ko'p gol uryapman. Nima uchun hammasi bunday yakun topishi kerak?".


"Odatda men bosiq va xushmuomalaman, ammo bu kuchsiz ekanligimni anglatmaydi. Agar o'yinchi shunday fikr bildirsa, men va klub bunga munosabat bildirishimiz kerak. Biz qanday yo'l tutganimizni ko'rib turibsiz – u bu erda emas.

Men obro'yimga putur etdi deb hisoblamayman, men buni his qilmayapman", – dedi Slot.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC