Slot: "Salohning o'yinida pasayish kutmang"

Omonjon To`xtamirzayev
5 noya 2024
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot yaqin orada jamoa yetakchisi Muhammad Saloh o'yinida pasayish kuzatilmaydi.


"Hozir uning o'yinida pasayish bo'lishini taxmin qilish uchun hech qanday asos yo'q. Uning statistikasi, uning o'yiniga qarab, bunday fikr mutlaqo kelmaydi. Buni ingliz tilida qanday aytishni bilmadim, lekin bu vaziyatda men uchun barchasi kundek ravshan.

Krishtianu Ronaldu nechchi yoshga kirgan? Messi hali ham ajoyib futbol namoyish etmoqda. Lekin xuddi men singari 33 yoshdayoq jamoasiga ulkan foyda keltirmaydigan futbolchilar ham yo'q emas, tan olish kerak, men 26 yoshda ham ularning darajasida emasdim. Kelajakda nima bo'lishini aniq ayta olmayman, ammo ishonch bilan takidlay olamanki, Muhammad hozir ajoyib sport formasida.

Ma'lumot uchun, Salohning "qizillar" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakunlanadi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Guardian