Slot: "Saloh "Liverpul" uchun nihoyatda muhim o'yinchi va kelajakda ham shunday bo'lib qoladi"

Sherzod Nurmatov
1 dek 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot hujumchi Muhammad Salohni Angliya Premer-ligasining 13-turida "Vest Xem"ga qarshi (2:0) safar o'yinida maydonga tushirmaslik qarori haqida fikr bildirdi.

"Har safar Virc, Isak, Ekitike yoki Salohni maydonga tushirmasam ham, tushunarliki, ularning barchasi - ajoyib o'yinchilar. Muhammad jamoada qoyilmaqom faoliyat o'tkazdi va bu erda juda yorqin kelajakka ega bo'ladi, chunki u juda o'zgacha futbolchi. 10 kun ichida atigi 14-15 nafar maydon o'yinchisi bilan to'rtta o'yin - bu vaziyatda bazan ma'lum bir asosiy tarkib haqida qaror qabul qilishingiz kerak bo'ladi va har bir o'yin uchun eng yaxshi tarkibni tanlashga harakat qilasiz.

Bugun "Vest Xem" sxemasini hisobga olgan holda, doimo yuqoriga intiladigan himoyachi va doimo ichkariga kirib borishga urinadigan vingerni nazarda tutib, shu variant jamoaga yordam beradi deb o'ylagandim. 

Muhammad jamoa uchun nihoyatda muhim o'yinchi va kelajakda ham shunday bo'lib qoladi", – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

33 yoshli misrlik Saloh 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 18 o'yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN