Slot ketsa, o'rniga kim asosiy davogar?

Mirjalol Normatov
9 dek 2025
"Liverpul" rahbariyati bosh murabbiy Arne Slotning iste'fosini ko'rib chiqmoqda.

Ayni damda uning o'rniga "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda.

"Caught Offside" ma'lumotiga ko'ra, u 2004-2009 yillar davomida "qizillar" tarkibida o'ynagan, shuningdek, rahbariyatga uning taktik yo'nalishi maqul kelmoqda.

Ertaga "Real" YCHLda "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi. Agarda ushbu o'yinda madridliklar omadsizlikka uchrasa, Alonsoning ham iste'foga chiqarilishi ehtimoli bor.

Mavsumni omadsiz o'tkazayotgan "Liverpul" ayni damda 23 ochko to'plagan holda 10-o'rinni egallab turibdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Caught Offside