Slot: "Biz uchun bunday sharoitda o'ynash qiyin bo'ldi"

Khoja
11 mar 2026, 10:48
"Galatasaroy"dan uchralagan mag'lubiyatdan so'ng Arne Slot matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlar bo'ldi. 10-15 daqiqadan so'ng siz oldinga chiqishni kutasiz, keyin ularning birinchi hujumi standart vaziyatdan gol bilan yakunlanadi..

Biz yaxshiroq o'ynay olamiz, bunga 100% aminman. Lekin hozirgina o'ynagan o'yinimizda ham gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarimiz bo'ldi. Bu ish bermadi, lekin keyingi hafta biz "Enfild"da o'ynaymiz va muxlislarimiz juda qo'llab-quvvatlashadi. Menimcha, "Galatasaroy" bugun ham shunga o'xshash vaziyatda edi. Ular muxlislaridan ulkan qo'llab-quvvatlash olishdi va biz uchun bunday sharoitda o'ynash qiyin bo'ldi. Umid qilamanki, keyingi hafta "Enfild"da ham shunga o'xshash muhit yarata olamiz", dedi Slot.


KhojaMuallif
Manba: BBC