Slot "Liverpul"ning 2 futbolchisi jarohat olganini ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
23 okt 2025
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jurnalistlarga Chempionlar Ligasi doirasida "Ayntraxt" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin (5:1) jamoa yo'qotishlarga uchraganini aytdi.

"Aleksander Isak chovdagi noqulaylik tufayli almashtirildi. Umid qilamanki, hammasi joyida bo'ladi. 3 oy safda bo'lmagan futbolchi uchun muvozanat topish juda qiyin.

O'ylaymanki, Jeremi Frimpong bu yangi jarohati tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi", – dedi Slot.

Frimpong 19-daqiqada mushak jarohati tufayli almashtirilgan bo'lsa, Isak tanaffusda o'zgartirilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano