Skoulz: "Menimcha, Pogba shartnomani uzaytiradi"

Mirjalol Normatov
15 avg 2021
"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi Pol Skoulzning fikriga ko'ra, ushbu mavsumdan keyin Pol Pogba mankunianliklar bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Menimcha, yakunda Pogba "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini uzaytiradi. Agarda jamoa shu tarzda rivojlanishda davom etsa, sovrinlarga ega chiqaveradi. Bu esa Pogbaga yoqishi aniq", - dedi Skoulz.

Eslatib o'tamiz, APLning dastlabki turida MYU o'z maydonida "Lids"ni 5:1 hisobida mag'lub etdi va unda Pogba o'z hisobiga 4 assistni yozdirib qo'ydi. Fransiyalikning MYU bilan kelishuvi 2022 yil yozida yakuniga etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Premier League Productions