Skolari: "Hech qaysi futbolchiga JCH-2014da joy kafolatlanmagan"

Narzulla Saydullayev
23 avg 2013
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luiz Felipe Skolari ayni damda keyingi yil bo'lib o'tadigan mundialda qatnashishi aniq bo'lgan futbolchi yo'qligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Janubiy Amerika matbuoti.
Skolarining aytishicha terma jamoaga nomzod bo'lgan barcha futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari lozim.

"Konfederatsiyalar kubogi tufayli JCHga chaqiruv olaman deb o'ylab yurganlar buni esdan chiqarsinlar. Barcha buning uchun kurashishi lozim. So'nggi damga qadar tarkibga yangi futbolchini taklif etishi mumkin. Albatta, jamoaning o'zagi mana shu yil oxiriga qadar aniq bo'lishi lozim. Ammo biz JCHga oz qolganida ham yangi futbolchini chaqirishimiz mumkin", - deydi murabbiy.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.com