Singapur bosh murabbiyi: "O'zbekistonni hurmat qilgan holda g'alabaga erishishga intilamiz"

Narzulla Saydullayev
6 iyun 2021
O'zbekiston - Singapur uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Singapur bosh murabbiyi Tatsuma Yoshida ishtirok etdi.

“Barcha biladi, O'zbekiston Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biri. Bizni kuchli qarama-qarshilik kutyapti. Raqobatli o'yin bo'ladi. Ochko olishga harakat qilamiz. O'zbekistonni hurmat qilgan holda g'alabaga erishishga intilamiz. Hali bor potencialimizni ro'yobga chiqarishga ulgurmadik. Umid qilamanki, mening jamoam bu safar 100% imkoniyatini ishga soladi”, - deydi Tatsuma Yoshida O'FA matbuot xizmatiga. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia